» » ABC News: Trampning sobiq maslahatchisi unga qarshi ko‘rsatma berishga tayyor

ABC News: Trampning sobiq maslahatchisi unga qarshi ko‘rsatma berishga tayyor


AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn Rossiya elchisi Sergey Kislyakov bilan muzokaralari haqida FQBga soxta guvohlik berganligini tan oldi. Flinn maxsus prokuror Robert Myuller olib borayotgan tergov bilan hamkorlik qilishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda Meduza.

Sudda Flinn “o‘z harakatlari uchun barcha mas’uliyatni” zimmasiga olishini ma’lum qildi.

Flinning Kislyakov bilan muzokarasi 2016-yilning dekabrida, Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimga kirishganidan keyin bo‘lib o‘tgan. FQBning ta’kidlashicha, Flinn rus elchisi bilan Donald Tramp jamoasining raisini topshirig‘i sabab suhbatlashgan. FQB rais nomini ma’lum qilmadi.

Nashning xabar qilishicha, Flinn “prezident Tramp, uning oila a’zoalari va Oq uy vakillariga qarshi” ko‘rsatma berishga tayyor.

Flinn AQSh prezidenti bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rgan Tramp unga Rossiya bilan aloqalarni o‘rnatishni topshirganini so‘zlab berishga rozi bo‘lgan.

Donald Trampning vakilini aytishicha, Maykl Flinn nomiga yo‘naltirilgan ayblovlar uning o‘zidan boshqa hech kimga taalluqli emas.

Maykl Flinn 2017-yilning fevraliga qadar AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. Uning Sergey Kislyakov bilan muzokaralari haqida ma’lum bo‘lgach, Flinn iste’foga chiqqan.

Опубликовано: admin (2-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют