» » Trampning rus elchisi bilan suhbati sabab iste’foga chiqqan sobiq masalahatchisi Turkiya uchun Gulen haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullangan

Trampning rus elchisi bilan suhbati sabab iste’foga chiqqan sobiq masalahatchisi Turkiya uchun Gulen haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullangan


AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn o‘zi tomonidan imzolangan Turkiya rasmiylari manfaatlarini ilgari surish bo‘yicha shartnoma doirasida Fathulloh Gulen haqida ma’lumotlar to‘plagan. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Maykl Flinn bu xizmatlarni o‘tgan yili Turkiyadagi saylov kampaniyasi davomida ko‘rsatgan va buning uchun 500 ming dollar haq olgan. 

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur xizmatlar ko‘rsatilgan paytda xususiy shaxs bo‘lgan Flinning ushbu faoliyatidan xabardor bo‘lganini bildirdi. 

“Xususiy shaxs sifatida qonuniy operatsiyalarda ishtirok etish mumkin. Tegishli hujjatlar imzolangan bo‘lsa, buning nojo‘ya yeri yo‘q”, — deya ta’kidladi Spayser. 

Biroq bunday munosabatga o‘tgan yil kuzida ham Maykl Flinning Turkiya rasmiylari manfaatlarini ilgari surishi masalasini ko‘targan demokratlar qarshi chiqmoqda.

Flinning Moskvada Russia Today telekanaliga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi chiqishi uchun 40 ming dollar olgani ham demokratlar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют