» » MOQda o‘zgarish: Umid Ahmadjonov iste’foga chiqariladi

MOQda o‘zgarish: Umid Ahmadjonov iste’foga chiqariladi


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqariladi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 15-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Unda Ahmadjonov iste’foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e’lon qilinishi kutilmoqda. Hozircha amaldagi rahbarning ishdan ketish sabablari ochiqlanmagan.

Qayd etish joiz, Ahmadjonov qo‘mitaga prezidentlik qilgan davrda o‘zbekistonlik sportchilar medallarni qo‘lga kiritish bo‘yicha mamlakatning Osiyo o‘yinlaridagi rekordini yangilagandi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018-yil 16-yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют