» » Ozbekiston Prezidenti Rossiyaning LUKOYL kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Ozbekiston Prezidenti Rossiyaning LUKOYL kompaniyasi rahbarini qabul qildi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Ozbekiston nefti va gazi xalqaro korgazmasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida Ozbekistonda bolib turgan LUKOYL kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakat neft-gaz tarmogida yetakchi bolgan ushbu Rossiya kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda LUKOYL kompaniyasi Ozbekistonda amalga oshirilayotgan qoshma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Otgan yil aprel oyida ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyiha quvvatiga chiqdi. Hovuzak va Shodi konlari, shuningdek, Janubi-Garbiy Hisor konlari ozlashtirilmoqda.

Uchrashuvda ozaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, yangi investitsiya dastur va loyihalarini tayyorlash hamda LUKOYL kompaniyasining Ozbekistondagi faoliyatini kengaytirish masalalari korib chiqildi.

Vagit Alekperov Prezidentga samimiy qabul va qoshma loyihalarni har tomonlama qollab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

LUKOYL kompaniyasi rahbari Ozbekiston bilan neft-gaz tarmogida uzoq muddatli va keng kolamli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini takidladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 18:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -