» » Ozbekistonda piyoz nega birdan qimmatlashdi? Qishloq xojaligi vazirligi izohi

Ozbekistonda piyoz nega birdan qimmatlashdi? Qishloq xojaligi vazirligi izohi


Ozbekistonda piyoz narxi keskin kotarildi. Bir kilo kartoshka narxi 2000 som bolgan bir paytda, yangi yetishtirilgan piyoz narxining 3,5 ming somligi ayrim ekspertlarni ajablantirmayotgan bolsa-da, oddiy aholi uchun bu sabzavotning salkam 3 barobar qimmatlashi koplab savollarni yuzaga keltirdi, deyiladi Sputnik xabarida.

Shuni takidlab otish joizki, piyoz mavzusi bugungi kunda nafaqat Ozbekistonda, balki Ukraina va Yevropa davlatlarida ham qizgin muhokama qilinmoqda.

Xususan, internet nashrlarida piyoz borasida ozbek tadbirkorlariga bu yil omad kulib boqqani, Ozbekistonda bu sabzavotning bir tonnasini 300 dollarga xarid qilib, har bir tonnadan 700-800 dollar, yoxud Ukrainaga eksport qilingan har bir fura piyozdan 15 ming dollargacha daromad olish mumkinligi yozilgan.

Qishloq xojaligi vazirligining sabzavotlar, kartoshka va polizchilik boshqarmasi bosh mutaxassisi Shavkat Bobomurodov piyoz narxining kotarilishini asosan eski hosilning tugab borayotgani va yangi piyozning endi yetishtirilib, bozorlarga yetkazib berilayotganida, deya izohlaydi.

Mutaxassisning aytishicha, piyoz Ozbekistonda asosan Surxondaryoda yetishtiriladi, shuningdek, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida ham oz miqdorda yetishtirish yolga qoyilgan. Bugungi kunda piyoz asosan toqsonbosdi usulida yetishtirilib kelinadi. 2019-yilda 24500 gektar maydonda 1 million 420 ming tonna piyoz yetishtirish rejalashtirilgan. Sabzavot narxi esa iyun-iyul oylariga borib tushishi kutilmoqda.

Piyozning eksportga chiqariladigan hajmi haqida toxtalar ekan, Bobomurodov bunda aholi yillik talabidan kelib chiqqan holda, istemol, zaxira hisob-kitobi olinishini qayd etdi.

Rasmiy malumotlarga kora, Ozbekiston yil boshidan buyon shu kunga qadar 186 ming tonna piyoz eksport qilgan.

Aslida piyoz narxining 3,5 ming bolishi hozirgi mavsum uchun tabiiy hol. Fermerlarga piyoz yetishtirish har bir kilosi uchun 700-800 somga tushmoqda. Shu bois, hozirgi narx istemolchilarni taajjubga solmasligi kerak, deydi u.

Ekspertning aytishicha, kartoshka takroriy maydonlarda, hududlar iqlimidan kelib chiqqan holda plyonka ostiga ekilishi mumkin bolgan bir paytda, piyozni bu usulda ekib bolmaydi. Shu bois, eski hosil tugashi arafasida va yangisi endi chiqayotgan mahalda sabzavotlar narxida bir oz qimmatlash yuz berishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -