» » O‘zbekiston tranzit yuklarni tashish uchun Aqtau portidan foydalanishni boshladi

O‘zbekiston tranzit yuklarni tashish uchun Aqtau portidan foydalanishni boshladi


Qozog‘istonning Aqtau portidan 13-may kuni Aqtau—Toshkent konteyner poyezdida 10 ta fitingli platformaga o‘rnatilgan 20 ta konteynerlar ilk bor yo‘lga chiqdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning xabar berishicha, bu O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Eron va Turkmaniston temiryo‘l ma’muriyatlarining Trans-Kaspiy xalqaro transport marshruti bo‘ylab yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zbekistonga qarab birinchi tranzit konteynerlari yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, “O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning Toshkent filiali tarkibidagi Chuqursoy, Sergeli, Xovos logistika markazlarida konteyner yuklarini ortib-tushirish ishlari samarali bajarilyapti.

Shuningdek, Ohangaron va Jizzax uchastkalarini ishbilarmon doira vakillarining ishonchli hamkoriga aylantirish maqsadida logistika markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Mazkur uchastkalarning barchasida yuk qabul qilish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank filiallari, valyuta ayriboshlash, bankomat, bojxona, katta yuk omborlari, hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari, qolaversa, yuklarni belgilangan manzilga yetkazib berish uchun yuk mashinalari ham tashkil etilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют