» » Yoshlar ittifoqi faollari davlat granti asosida oqiydi

Yoshlar ittifoqi faollari davlat granti asosida oqiydi


14 nafar yosh doimiy yashash joyidagi oliy talim muassasalarining pedagogika talim yonalishlariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi, deb yozadi OzA.

Ozbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi Ozbekiston yoshlar ittifoqining faol azolariga oliy talim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish togrisidagi qaroriga kora, imtiyozli tavsiyanomaga munosib korilgan fidoyi ogil-qizlar tanlab olindi.

Malumki, Prezidentning 2017-yil 18-iyuldagi Ozbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan Ozbekiston yoshlar ittifoqi tizimida kop yillik mehnat stajiga ega bolgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bolgan ogil-qizlarni qollab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorda Ozbekiston yoshlar ittifoqining faol azolarini oliy talim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish boyicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida 14 nafar yoshni doimiy yashash joyidagi oliy talim muassasalarining pedagogika talim yonalishlariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilish belgilangan. Tanlovning mahalliy bosqichida 2 ming 934 nafar nomzodning arizasi tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilindi. Shundan 1 ming 776 nafari Yoshlar ittifoqining sardori, 741 nafari Yoshlar ittifoqining boshlangich tashkilotlaridagi yonalish yetakchisi hamda 417 nafari Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bolgan fidoyi ogil-qizlardi, dedi Ozbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi masul xodimi Bahodir Kocharov.

Hududlardan saralagan 42 nafar yosh oz bilim va konikmalari haqida sozlab, Respublika komissiyasi azolari tomonidan berilgan turli yonalishdagi savollarga javob berdi.

Bu tizimda faoliyatimni boshlaganimga 6 yil boldi. Shu yillar ichida tengdoshlarim bilan hamfikr bolib koplab loyihalarni amalga oshirdik. Ozim ozbek jang sanati sport turiga muntazam qatnashganim uchun tengdoshlarimni ham turli sport togaraklariga qatnashishga undadim. Ular orasida viloyat va respublika bosqichlarida goliblikni qolga kiritganlari ham talaygina. Agarda imtiyozli tavsiyanomaga ega bolsam, tarix fani oqituvchisi bolmoqchiman , deydi Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining oquvchisi Perizat Ayapbergenova.

Respublika komissiyasi tomonidan tanlov nizomiga muvofiq 42 nafar nomzodning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qoshgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida etibor qaratilib, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 nafardan jami 14 nafar eng munosib yosh tanlab olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2019, 05:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -