» » Gvardiola ketma-ket 2-marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Gvardiola ketma-ket 2-marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer ligasida 2018/19-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi. Bu haqda liganing rasmiy saytida xabar berildi.

“Shaharliklar” (98 ochko) kataloniyalik mutaxassis qo‘l ostida Premyer liga jadvalida “Liverpul”ni (97 ochko) bir ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni tantana qildi.

Gvardiola ketma-ket ikkinchi mavsum ushbu sovrinni himoya qilgan uchinchi murabbiy sifatida Angliya Premyer ligasi tarixiga kirdi. Avvalroq Aleks Fergyuson hamda Joze Mourinyo mazkur natijani qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli mutaxassis 2017/18-yilgi mavsumda ham eng yaxshi murabbiy bo‘lgandi.

Gvardioladan tashqari Yurgen Klopp (“Liverpul”), Maurisio Pochettino (“Tottenhem”) va Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) ushbu mukofotga nomzod qilib ko‘rsatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют