» » Xitoyda Wikipedia to‘liq bloklandi

Xitoyda Wikipedia to‘liq bloklandi


Xitoyda Wikipedia to‘liq bloklandi. Bunga qadar internet-ensiklopediyaning faqatgina xitoy tilidagi versiyasi ishlamagan bo‘lsa, endilikda uni boshqa barcha tillarda ham o‘qishning imkoni yo‘q, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Xitoyda boshqa ko‘plab internet-resurslar, jumladan, Facebook, Instagram, WhatsApp va Google ham bloklangan.

2018-yilning boshida “VKontakte”dan cheklov olib tashlangan edi va kompaniya mahalliy qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydigan materiallarni mamlakat aholisi uchun bloklab qo‘yishga tayyorligini bildirgan.

2017-yilda Wikipedia Turkiyada ham taqiqlangan bo‘lib, hukumatning fikricha, resurs mamlakat obro‘sini xalqaro maydonda qoralash bo‘yicha axborot kampaniyaning bir qismiga aylanib qolgan.

Joriy yilda Wikipedia qisman Venesuelada ham bloklangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют