» » “Barselona”, “Man Siti” va “Bavariya” “Atletiko” futbolchisi uchun kurashadi

“Barselona”, “Man Siti” va “Bavariya” “Atletiko” futbolchisi uchun kurashadi


Yevropaning 3 ta top klubi “Atletiko” yarim himoyachisi Rodri Ernandes uchun da’vogarlik qilmoqda.

El Larguero’ning xabar berishicha, “Barselona”, “Manchester Siti” va “Bavariya” 22 yoshli xavbekning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

“Atletiko” rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilishdan oldin uning o‘rniga boshqa o‘yinchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Yaqin kunlarda klub vakillari “Real” yarim himoyachisi Markos Lyorentening agenti bilan uchrashishni mo‘ljallamoqda.

Rodrining transferi 70 million yevroga baholanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют