» » “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun 14 mln funt taklif qildi

“Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun 14 mln funt taklif qildi


Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Denis Suares “Arsenal”ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi The Independent nashri.

“Barselona” rahbariyati 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi agenti bilan futbolchi o‘ziga boshqa jamoa izlashi lozimligi to‘g‘risida suhbat o‘tkazgan. Shundan so‘ng “Arsenal” Suaresning agenti bilan bog‘lanib, futbolchi uchun 14 million funt sterling taklif qilgan. Denis Suares “Arsenal” ustozi Unai Emeri bilan “Sevilya”da birga faoliyat olib borgan.

Avvalroq futbolchiga “Chelsi” hamda “Milan” jamoalari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu mavsumda o‘yinchi “Barselona” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют