» » Unai Emeri va “Arsenal” yana bir yirik xaridni amalga oshirdi

Unai Emeri va “Arsenal” yana bir yirik xaridni amalga oshirdi


Urugvay terma jamoasi hamda “Sampdoriya” klubi yarim himoyachisi Lukas Torreyra Londonning “Arsenal” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda londonliklarning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Lukas “Arsenal” safida 11-raqam ostida to‘p suradi. 22 yoshli futbolchining transferi haqida ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Ammo Britaniya OAVlariga ko‘ra, “kanonirlar” Torreyra uchun 30 million yevro sarflagan.

Yakuniga yetgan mavsumda Lukas “Sampdoriya”  safida 36 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi Urugvay terma jamoasi bilan esa JCh—2018 ? finaliga qadar yetib bordi.

Ma’lumot uchun “Arsenal” Arsen Venger o‘rniga Unai Emeri olib kelingach, jamoa safiga Shtefan Lixtshtayner, Sokratis Papastatopulos, Bernd Leno kabi o‘yinchilar qo‘shib olindi. Torreyra esa “Arsenal”ning yangi mavsum uchun to‘rtinchi xaridi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют