» » “Yunayted”dan navbat “Arsenal”ga. “Kanonirlar” “Yuventus” himoyachisi Lixtshtaynerni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi

“Yunayted”dan navbat “Arsenal”ga. “Kanonirlar” “Yuventus” himoyachisi Lixtshtaynerni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi


“Yuventus”ning shveysariyalik himoyachisi Shtefan Lixtshtayner yangi mavsumni Londonning “Arsenal” klubida boshlaydigan bo‘ldi. 34 yoshli futbolchi erkin agent sifatida “kanonirlar” jamoasiga kelib qo‘shildi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

Endilikda Turin klubining sobiq futbolchisi Angliyada 12-raqam ostida to‘p suradi.

Shtefan “Yuventus”da 2011-yildan beri to‘p surib kelayotgan edi. U bu orada 7 marta A Seriyada chempion bo‘ldi, 3 marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritib, 4 marta Italiya Kubogiga ega chiqdi.

Lixtshtayner so‘nggi mavsum “Yuventus” safida A Seriyaning 27 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.

Shuningdek, “Arsenal”ni yaqinda tark etgan ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla “Vilyarreal” bilan shartnoma tuzdi. “Vilyarreal” ham Kasorlani tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi. Santi 2003—2006 va 2007—2011-yillarda mazkur ispan klubi sharafini himoya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют