» » O‘zbekistonda Khan Academy platformasini mahalliylashtirish uchun 50 ming yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ildi

O‘zbekistonda Khan Academy platformasini mahalliylashtirish uchun 50 ming yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ildi


Yaqinda Khan Academy elektron platformasini o‘zbekchalashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilingan edi.

Xan Akademiyasi 2008-yil AQShda tashkil qilingan bepul onlayn o‘quv platformasi bo‘lib, bugungi kunda 31 tilda faoliyat yuritadi:

So‘nggi olti oydan buyon uni o‘zbek tiliga ham tarjima qilish ishlari boshlandi. Buning uchun “Bilim onlayn” nodavlat-notijorat ta’lim tashkiloti tuzildi. Bu tashkilot o‘z nomi bilan notijoriy tashkilot sanaladi.

Bu loyihani ishga tushirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 50 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratgan. Biroq ushbu grant ajratilishining bir bir sharti bor edi:  tashkilot bu grantni olishi uchun belgilangan muddatda yana shuncha miqdorda, ya’ni $50 ming xalqdan xayriya yordamida pul to‘plashi kerak edi. Shundagina xalqaro tashkilot o‘z grantini ajratadi.

Loyiha vakillarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, jamoa Khan Academy platformasini mahalliylashtirish loyihasining keyingi bosqichi uchun kerakli miqdordagi mablag‘ni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Xayriya aksiyasi YTTBdan (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) grant olish uchun amalga oshirildi. Bank grantni “matching funds” sharti bilan taklif qilgan, ya’ni ma’lum bir shartlar bajarilganda, boshqa manbalardan yig‘ilgan mablag‘ga teng mablag‘ YTTB tomonidan beriladi.

“O‘zbekistonning turli viloyat va shaharlarida istiqomat qiluvchi oddiy fuqarolarimiz bilan birga xorijiy davlatlarda yashaydigan yurtdoshlarimiz, hatto O‘zbekistonga hech qanday aloqasi bo‘lmagan odamlar ham loyihani qo‘llab-quvvatlashdi. Mamlakatimiz biznesmenlari ham ulkan hissa qo‘shishdi, ulardan ko‘pchiligi savob umidida nomi oshkor etilmasligini xohlashdi. Bundan tashqari, xayriya aksiyasiga O‘zbekiston va chet el talabalari ham qo‘shildi”, — deyiladi xabarda.

Mablag‘ yig‘ishga ma’sul bo‘lgan “Khan Academy O‘zbek” jamoasi London shahrida loyihani mahalliylashtirish g‘oyasini targ‘ibot qilish hamda bevosita mablag‘ yig‘ish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etdi.

Xayriyalar barcha qit’alardan, ko‘plab mamlakatlardan kelib, jami xayriya qilganlar soni 720 kishidan oshdi. 2019-yil 7-mayda to‘plangan mablag‘ 50 000 yevrodan oshdi.

Grant berish shartiga ko‘ra shu summaga teng mablag‘ YeTTB tomonidan, taqdim etilgan barcha hujjatlar tasdiqlangandan keyin berilishi kutilmoqda.

“Ushbu loyiha xalqimiz davlat tilidagi qo‘shimcha ta’lim manbalari rivojiga nafaqat ma’naviy, balki moddiy jihatdan ham yordam berishga tayyor ekanini isbotladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumki, loyiha 2019-yilning 25-yanvarida, “Bilim onlayn” NNT ro‘yxatdan o‘tishi bilan boshlangan. Jamg‘arilgan mablag‘ tufayli loyihaning amalga oshirilishi tezlashadi. Markaziy Osiyoda birinchi yirik nodavlat ta’lim texnologiyalari loyihasi bo‘lgan “Khan Academy O‘zbek” O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

“Bildirilgan ishonch va loyihaning ahamiyatini e’tiborga olgan holda biz mablag‘dan foydalanish samarali va shaffof bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratamiz. Shu munosabat bilan quyidagilar ishlab chiqiladi:

1) pul mablag‘laridan foydalanishni tasdiqlash tartibi;

2) ichki audit to‘g‘risidagi nizom;

3) mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hisobot tizimi. Shu bilan birga, bizning saytimizda va Facebook sahifamizda oylik hisobot chop etib boriladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют