» » “Buyuk kеlajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Buyuk kеlajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


“Taraqqiyot stratеgiyasi” markazi hammuassisligidagi “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilot nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir xil “Buyuk kelajak” sifatida qo‘llaniladi.

Avvalroq, tashkilot tomonidan xorijda yashab-faoliyat yuritayotgan o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lgan o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirokida ekspertlik kengashi tuzilgani haqida xabar berilgan edi.

Endilikda, “Buyuk kelajak” XNNT O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha yangi takliflar taqdim etadi. Jumladan, 2021-yilga qadar qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Hamkorlikda turli soha mutaxassislaridan iborat ekspertlar kengashi a’zolarini faol jalb qilish orqali kelgusi yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat dasturlariga takliflar taqdim etib boradi.

Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonni yanada jadal rivojlanishi uchun xizmat qiladigan uzoq muddatli taklif va strategiyalar ishlab chiqishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют