» » O‘zbekistonda tax-free joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda tax-free joriy etilishi mumkin


Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan prezidentning “O‘zbekiston respublikasining soliq tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi, deb xabar berdi Spot.

Loyihaga ko‘ra soliq tizimida quyidagi tartiblarni o‘rnatish taklif etilmoqda:

2019-yil 1-maydan:

2019-yil 1-iyuldan:

Tadbirkorlik subyektlari va ularning mansabdor shaxslari 90 kun ichida 2019-yil 1-iyulgacha soliq stavkasi bo‘yicha QQS yoki daromad solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlarini kamaytirish faktlarini ko‘rsatgan holda va o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar summasining 50%ini to‘lagan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatdan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2019-yil 1-dekabrga qadar soliq hisobotlari tizimini integratsiyalash va hisobot tizimini avtomatlashtirish bilan soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasida real vaqt rejimida buxgalteriya hisobi va ma’lumotlarni almashishga imkon beruvchi buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etiladi.

2019-yil 1-sentabrdan boshlab yuklarni tashish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari “Yuklarni tashish monitoringi” axborot platformasida yuklarni rasmiylashtirishni amalga oshirishlari shart bo‘lgan tartib joriy etiladi.

2019?2021-yillarda O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki soliq tizimini isloh qilish va soliq organlarining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ko‘maklashmoqda.

Hujjatda uch oy ichida “Chet el fuqarolari tomonidan sotib olingan tovarlar uchun O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishda (tax-free tizimi) to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tartibini belgilash to‘g‘risida” takliflar tayyorlash taklif etiladi.

Bu vazifa moliya vazirligi va davlat soliq qo‘mitasiga topshirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют