» » SSV: Endi investorlar istalgan tibbiyot muassasasiga investitsiya kiritishi mumkin

SSV: Endi investorlar istalgan tibbiyot muassasasiga investitsiya kiritishi mumkin


Endilikda investorlar o‘zlari istagan davlat tibbiyot muassasasiga investitsiya kiritishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish masalalari” mavzusida matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deya ma’lum qiladi vazirlik matbuot xizmati.

2019—2025-yillarda bu tizimda, xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sherikligini va tibbiy turizmni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash borasida izchil sa’y-harakatlar olib borilgan.

E’tiborli tomoni, raqobatni shakllantirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni rivojlantirish, xususiy shifoxonalarni ko‘paytirishga jiddiy ahamiyat berilyapti.

Prezidentning 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida muhim qadam bo‘ldi. Unga muvofiq, xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan tibbiy ixtisosliklar 50 tadan 126 taga ko‘paydi.

Endilikda investorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan muhitda, o‘zlari istagan davlat tibbiyot muassasalariga investitsiya kirish imkoniyatiga ega.

Xususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bitimning amal qilish muddati davlat va xususiy sherik tomonidan belgilanib, bunda u uch yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, xorijdan tibbiy asbob-uskunani har qanday yuridik shaxs olib kelgan taqdirda ularga nisbatan bojxona imtiyozlari qo‘llaniladigan bo‘ldi.

Mazkur qarori bilan xorijiy tibbiyot uskunalarini olib kirayotgan tadbirkor va investorlar uchun umumiy qiymati 200 million AQSh dollari teng bo‘lgan imtiyozli kreditlar liniyasi ochiladi.

Ushbu qaror bilan belgilangan mexanizmlarda davlat tibbiyot muassasalarida xususiy tibbiyot muassasalari uchun teng imkoniyatlar berilib, investorlarning davlat tibbiyot muassasalariga kirib, hamkorlikda faoliyat tashkil qilish imkoniyat yaratib beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют