» » Koreya tajribasi O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni jadallashtiradi

Koreya tajribasi O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni jadallashtiradi


Shu kunlarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekistondagi farmatsevtika sanoatining investitsion jozibador jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar yaratish, xususan, mamlakatdagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi investitsiyaviy loyihalarga e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekistonda rentgen apparatlarini ishlab chiqaradigan “Listem-Fergana” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, Koreya Respublikasining “Dalim Biotech” va “Yuhan” kompaniyalari bilan hamkorlikda dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi loyihalar ham muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.

Bundan tashqari, tomonlar Koreya Respublikasining dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun DUR (DrugUseRecord) markalash tizimi tajribasi bilan tanishdi. Ushbu tizimning noyobligi shundaki, uning yordamida mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetib borish jarayoni kuzatib boriladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta va E-Health elektron sog‘liqni saqlash tizimi tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirlari tibbiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Koreya Respublikasining farmatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatlar farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va sohaga investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot markazlarini O‘zbekistonda tashkil qilish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga asos bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют