» » O‘zbekiston Adliya vaziri IX Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida mamlakatning investitsiyaviy qonunchiligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi

O‘zbekiston Adliya vaziri IX Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida mamlakatning investitsiyaviy qonunchiligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi


O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyadagi IX Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumida ishtirok etmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Adliya vaziri “Investitsiyalar, Ko‘chmas mulk. Tarmoq qonunchiligi. DXSh”panel sessiyasida ishtirok etib, O‘zbekistonning investitsiyaviy qonunchiligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Ruslanbek Davletov o‘z taqdimotida Harakatlar strategiyasi doirasida hayotning barcha sohalarida mislsiz o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini qayd etdi. Prezident rahnamoligida yuritilayotgan siyosat uchta tamoyilga asoslanib: ochiqlik, aholi va biznes-hamjamiyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyatining aholi va biznesning muhim muammolarini hal etishga e’tibor qaratilayotganini bildirdi.

Ma’muriy islohotlar — O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi transformatsiyaning muhim tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, hozirgi kunda 93 ta davlat organlari faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, jumladan 77 ta vazirlik va idoralar qayta tashkil etilgani, 7 tasining faoliyati tugatilib, 9 ta yangi tashkilotga asos solingani aytildi. Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining tuzilmalari, vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, 2019-yilning yanvar oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi —iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish, turli mamlakatlar bilan olib boriladigan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir.

Taqdimotda keltirilishicha, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Masalan, 2017-yil 1-iyundan buyon ommaviy-huquqiy munosabatlar va ma’muriy huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqadigan ma’muriy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 85 ta iqtisodiy sudlar tashkil etildi.

O‘zbekistonning investitsiyaviy qonunchiligi ham tobora takomillashib bormoqda. U “Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi, “Investitsiyaviy faoliyati to‘g‘risida”gi, “Xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va choralari to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiyot zonalari to‘g‘risida”gi Qonunlarni, shuningdek, qator qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur hujjatlar bilan huquqiy kafolatlar o‘rnatildi, 380 dan ziyod imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi.

Xususiy mulk egasini himoya qilish bo‘yicha huquqiy instrumentlar kuchaytirildi. Xususan, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini musodara qilish tartibi takomillashtirildi.

Davlat iqtisodiyotdagi o‘z ishtirokini muntazam qisqartirib bormoqda va biznes, investitsiyalar uchun ochiqdir. Xorijiy sarmoyadorlar foydali shart va narxlarda davlat aktivlarini xarid qilish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Masalan, 288 ta ko‘chmas mulk obyektlari elektron savdolariga sotish uchun qo‘yildi. 211 ta bo‘sh yotgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m bilan auksionga qo‘yildi.

So‘nggi yillarda yuz bergan eng asosiy o‘zgarishlardan biri –iqtisodiy erkinlikning oshirilishidir. O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligi ta’minlandi, davlatning iqtisodiyotga bo‘lgan fiskal yuki kamaytirildi. O‘zbekistonga ilk marotaba Fitch, S&P va Moody’s singari qator nufuzli xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” prognozlari berildi. 2019-yilning fevral oyida O‘zbekiston 1 milliard dollarga 5 yillik va 10 yillik yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Institutsional sarmoyadorlardan qariyb 150 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi va bu joylashtirish yaxshi diversifikatsiyalandi.

Shuningdek, Adliya vaziri tadbir ishtirokchilarini jozibadorligi nuqtai nazaridan O‘zbekiston haqida beshta eng muhim omillar bilan ham tanishtirdi. Bular mehnat resurslari, yuksak mineral-xomashyo salohiyati, energetik mustaqillik, makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar, sarmoyadorlar uchun qulay muhit. Xususan, Jahon bankining “Biznes yuritish 2018” ma’ruzasida O‘zbekiston tadbirkorlik uchun eng ko‘p qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha dunyodagi islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligiga kirgani qayd etildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar samarasida so‘nggi 5 yil ichida “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat orasidan 146-o‘rindan 76- o‘ringa chiqib oldi va bugungi kunda 2022-yilga kelib respublikaning 20-o‘ringa ko‘tarilishga erishish vazifasi yuklandi.

Taqdimot yakunida qator ekspertlar O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish sohasidagi o‘zgarishlarga yuksak baho berdi. O‘zbekistonni qonunchilikni yangicha tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha mintaqada yetakchi mamlakat deb atashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют