» » Shohjahon Ergashev: Men ham Rossiyada muhojir bolib ishlaganman

Shohjahon Ergashev: Men ham Rossiyada muhojir bolib ishlaganman


Professional boksda yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan Shohjahon Ergashev nafaqat Ozbekiston, balki xorijlik muxlislar qatori yetuk mutaxassislar nazariga ham tushgan. Ayrim murabbiylar ogir zarba egasi, yuqori mahorat sohibi, jismonan va ruhan kuchli bokschi bilan ishlash ilinjida uning janglariga kelgani va hamkorlik taklif qilgani ham rost. Daryo muxbiri Mirolim Isajonov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 4-orinni egallab, -63,5 kg vazn toifasida jang otkazib kelayotgan fargonalik charm qolqop ustasi bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi.

Jangdan oldin ozbek milliy liboslarida ringga chiqishingiz kimning goyasi?

Havaskor boksdagi ustozim dadam Abdusami Ergashev boladi. Ular 2015-yilning 23-dekabr kuni Moskvada otkazilgan ilk professional jangimda yonimda bolib, Sen ozbek oglisan. Har doim ringga ozbek doppisi va choponida chiqishing kerak, degan gapni qattiq tayinlagan va milliy kiyimlarimizda ringga kotarilganman. Shundan song bunday kiyimlarda ringga chiqishni odat qildim va bu mening qaysidir manoda imijimga aylandi. Aralash yakkakurash musobaqalari jangchisi Habib Nurmagomedov boshidagi kavkaz milliy bosh kiyimi papaxani korgan sport ishqibozlari uning Dogiston farzandi ekanligini darrov sezishadi. Men ham har gal jang boshlashdan oldin boshimga doppi, egnimga chopon kiyganimda, muxlislarim ozbekistonlik ekanligimni bilishini maqsad qilganman. Bu qalbimda milliy gurur tuygusini yanada josh urdirib, menga ikki karra kuch bagishlaydi.

Sport olamini tanlashangizning boisi nima?

Padarimning ozi bokschi bolganligi bois meni ham kasbiga kichkinaligimdan qiziqtirgan. 6 yoshimda mashina urib yuborganidan song shifokorlar boks bilan shugullanishimni qatiy taqiqlashgan. Jarohat ogirligi va qulogimning orqasini tikishgani tufayli hatto meni olib qoladi, deya xavotirga ham tushishgan. Bir necha yil maktabga ham bormay, uy sinfida tahsil oldim. Mening ahvolimni korgan dadam Taniqli bokschi bolmasa-da, sport orqali salomatligini mustahkamlasin, degan fikrda men bilan shugullanishni davom ettirgan. Har kuni oz-ozdan mashgulotlar otkazib, boshimga tushadigan mushtga chap berishni orgatgan. 6-sinfdan esa boks tushishni boshladim.

Malum vaqt futbol bilan ham shugullanganligingiz rostmi?

Yuqorida aytganimdek, qishlogimizda yuz bergan kuchli avtofalokatdan keyin otam soglom hayot kechirishimni istab, meni turli sport turlariga qiziqtirgan. Osha kezlarda boks bilan shugullanish barobarida yuqori darajada futbol ham oynaganman. Tort yil davomida Fargona viloyatining turli jamoalarida top surib, Ozbekiston chempionatining oliy ligasida Neftchi jamoasi sharafini himoya qilganman. Hujum chizigida oynaganim uchun oliy liga uchrashuvlarida gol urishga muvaffaq bolganman.

Millionlar oyinini nima sababdan tark etgansiz?

Osha paytlarda fursati kelib, futbol yoki boksni tanlashim shartligini doimo his qilardim. Chunki eng ommaviy hisoblangan bu ikki sport turining talablari bir-biriga umuman zid. Qolaversa, boks borasida koproq tushuncha va sir-asrorlarga egaligim hamda qiziqishim ustunligi sabab shu sport turini tanlashga qaror qilganman. Agar futbolni tanlaganimda ham mendan yaxshigina futbolchi chiqardi.

Havaskor boksda qanday natijalarni qolga kiritgansiz?

Professional ringga chiqqunga qadar terma jamoa azosi sifatida yuzlab jang otkazib, qariyb barchasini nokaut bilan yutganman. Oz vaqtida Ozbekiston chempionatlarida golib chiqqanman. Ammo Osiyo va jahon oyinlarida qatnashish nasib qilmagan. Ayrim sabablar bilan 2015-yildan professional boksga otdim. Qanday sabablar tufayli havaskor boksni tark etganimni vaqti-soati yetib, albatta, oshkor qilaman. Profiboksga otganimdan sira afsuslanmayman. Bokschi sifatida nimalarga qodirligimni professional ringlarda sinab korayotganimdan baxtiyorman.

Birinchi professional jangda qozongan galabangiz evaziga qancha gonorar olgansiz?

Boshidagi uchta jangimdan umuman haq olmaganman. U vaqtda bosh maqsadim menga murabbiylik qilgan rossiyalik Sayfullo Polatovdan koproq bilmaganlarimni organish va oz nomimni tanitish bolgan. Gonorarni esa tortinchi jangimda olganman.

Fargona viloyatining Beshariq tumanidagi qishloqlarning birida tugilib, ulgaygansiz. Kun kelib dunyoning AQSh, Rossiya Federatsiyasi singari rivojlangan mamlakatlarida jang otkazib, muxlislar orttirishni tasavvur qilganmisiz?

Togrisini aytsam, hech qachon bunday onlarni boshimdan otkazishimni oylamaganman. Barchasiga xalqimizning duosi, Prezidentmizning yaratib berayotgan imkoniyati, etibori tufayli erishayapman.

Jahonga mashhur shaharlarda bolganingizda koproq nimalarni his qilasiz?

Albatta, Vatan soginchi qiynaydi. Qishlogimni, ariqlarda chomilib yurgan kunlarimni soginaman. Oz yurtimda ham karyeramni davom ettirsam boladi. Ammo professional boksning qaynoq markazi va jahon chempionlik kamarlari Amerikada bolganligi, unga yaqinroq turish uchun okean ortida shugullanaman.

Havaskor boksda bir qator yutuqlarga erishib, el nazariga tushgan bokschilarimizning bir necha nafaridan intervyu olishga qiynaldik. Siz esa taklifimizga bajonidil rozilik bildirdingiz. Hozir amin bolyapmanki, hamon samimiy va odamohunsiz. Ozingizni yulduz bokschi, deb hisoblamaysiz, nazarimda.

Men kechagi kunini unutadigan inson emasman. Professional boksdagi faoliyatimni boshlashdan oldin uch yarim yil Rossiyaning turli hududlarida migrant sifatida ishlab, oziga xos qiyinchiliklarni korganman. Men ham barcha qatori oddiy odamman. Birovdan ustunlik jihatim yoq, deb oylayman. Kocha-koyda ham boks muxlislari tanib qolib, rasmga tushishni taklif qilishsa, yoq demayman va bundan benihoya xursand bolaman. Negaki, sport muxlislar bilan qiziq. Muxlisi bolmagan bokschi ozini sportchi sanamasa kerak. Menimcha, sportda yulduzlik kasaliga uchragan odam rivojlanishdan toxtaydi.

Boksdan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqib, kuzatib borasiz?

Hanuz futbolning ashaddiy muxlisiman. Vaqt topib, top surib turishga harakat qilaman. Bir paytlar ot sporti bilan ham shugullanib, bir necha karra musobaqalarda goliblikni qolga kiritganim uchun hozir bazan bolsa-da ot minaman. It boqishga ham qiziqaman. Ot hamda itning insonga vafodor dost bolishiga qattiq ishonaman va ularga mehrim kuchli.

Boydoq sportchilar safini qachon tark etasiz?

Nasib qilsa, shu yil kuzda oila quraman. Toyimni yaqinlarim, qarindosh-urug va yor-u birodarlar ortasida shov-shuvsiz, dabdabasiz otkazishni rejalashtirganmiz. Isrofgarchilik, ortiqcha hashamga ketadigan kattagina pulni boshqa savobli ishlar uchun sarflamoqchiman. Bugun qolimizda bor mablag ertaga yoq bolishi mumkin. Shu bois barchamiz ozimizdagi imkoniyatni boshqalarning ham farovon yashashi uchun sarflasak, katta savobga erishamiz. Hozir bu borada bir nechta loyihalarni amalga oshirishga kirishganman. Sentabr oyida bu haqda kopchilikni boxabar qilaman. Ayni paytda sir bola qolsin.

Kitob mutolaasiga ishtiyoqingiz qanday? Badiiy adabiyotlar oqib turasizmi?

Koproq diniy adabiyotlar oqishni yoqtiraman. Hozir Shayh hazratlarining Baxtiyor oila asarini mutolaa qilayapman.

Shahram Giyosov ikkingiz ortangizda jang otkazilishi haqida ancha gap-sozlar tarqaldi. Ammo bu spektaklga ham oxshadi. Jang bolishi aniqmi?

Jangga tayyorgarlik boshlangan. Lekin uning qachon otkazilishi malum emas. Hammasini vaqt korsatadi.

Shahram bilan hayotda munosabatlaringiz qanday?

Shahramni havaskor boksda yurgan paytlarimdan buyon taniyman. Oshanda ham bir necha marta ringga tushganmiz. Uning kuchli bokschi ekanligini doimo tan olaman va hurmatim baland. U bosib otgan yol va korgan mashaqqatlari qadrlashimga asosiy sabab hisoblanadi. Lekin hayotda juda kam korishamiz.

Qachondir tadbirkorlik faoliyatingizni yolga qoyishingiz mumkinmi?

Kindik qonim tokilgan qishlogimda tadbirkorlik ishlarini boshlash arafasidaman. Ozim loy kochalarda oynab, ulgayganim uchun shahardan kora qishloqlarni rivojlantirish va chekka hududlardagi yurtdoshlarimiz hayoti farvonlashishiga hissa qoshishni niyat qilganman.

Qaysi jang siz uchun ogir kechgan?

Har bitta jangda osonlikcha kurashib bolmaydi. Otgan yili xitoylik 32 yoshli Jimin Vang bilan otkazgan 10 raundlik jangni 7-raundida yelkam sinib ketgan. Bir qolim bilan 3 raundni bir amallab tugatib, golib bolishga erishganman. Shu jang boshqalariga nisbatan ogir otgan.

Samimiy suhbatingiz uchun katta rahmat. Hamisha galabalar nashidasini surib, xalqimiz etibori-yu etirofiga sazovor bolib yuring!

Sizlarga ham oz minnatdorchiligimni bildirib qolaman!



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2019, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -