» » Buxorada MIB MChJga tegishli Cobalt’ni xatladi

Buxorada MIB MChJga tegishli Cobalt’ni xatladi


Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 8-apreldagi qarzdor “Lider Payp” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Respublika budjeti foydasiga 241 million 100 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga 2019-yil 8-aprelda kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga xabar berdi.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talablari bajarilmaganligi sababli Majburiy ijro harakatlari davomida MChJga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtoransport vositasi xatlangan.

Hozirgi kunda avtotransport vositasini baholash hamda “E-IJRO AUKSION”ga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablag‘lari Respublika budjeti oldidagi soliq qarzdorligini qoplashga qaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют