» » Bosh prokuratura Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ savdosiga chek qo‘ydi

Bosh prokuratura Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ savdosiga chek qo‘ydi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh YaTT “A.B”ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kilogramm sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida, J.Shning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Z-T” MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 22 450 kilogramm sariyog‘ mavjudligi shuningdek, “I-F” MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kilogramm sariyog‘ “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 milliard so‘mlik jami 23 625 kilogramm iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют