» » Moskvalik arxitektor Nikolay Lizlov: yaxshi arxitektor o‘zidan boshqa hech kimga o‘xshamaydi

Moskvalik arxitektor Nikolay Lizlov: yaxshi arxitektor o‘zidan boshqa hech kimga o‘xshamaydi


Joriy yilning 28-may kuni Toshkent shahrida Me‘mor//2019 interyer dizaynerlari va arxitektorlar uchun birinchi mustaqil tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilinadi. Xalqaro hay’at raisi va Moskva arxitektorlari uyushmasi vitse-prezidenti Nikolay Lizlov o‘zining zamonaviy me’morchilik haqidagi mulohazalari, O‘zbekiston haqidagi xotiralari va tanlov loyihalarini baholash to‘g‘risida so‘z yuritdi.

O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotgan Me’mor//2019 interyer dizaynerlari va arxitektorlar uchun keng ko‘lamli tanlov KNAUF kompaniyasi tomonidan “ADP” arxitektorlar va dizaynerlar uyushmasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston arxitektorlar uyushmasi ko’magida tashkil etildi. Umumiy mukofot fondi 119 million so‘mni tashkil etgan ushbu tanlovda ishtirokchilar 7 ta tanlov toifalaridagi o‘rinlar uchun bellashadilar. Moskva arxitektura instituti professori va Moskva arxitektorlari uyushmasi vitse-prezidenti Nikolay Lizlov xalqaro hay’at raisi sifatida ishtirok etadi.

Tanlov bahona Nikolay Lizlov O‘zbekistonga hayotida ikkinchi bor tashrif buyuradi. Arxitektor zilziladan so‘ng qayta tiklangan shaharni ko‘rish uchun Toshkent shahriga birinchi marta talabalik yillarida, 1978-yilda kelib ketgandi.

Muvaffaqiyatli arxitektor portreti haqida

Muvaffaqiyat nimalarni anglatishiga aniqlik kiritish lozim: bu ko‘p pul ishlab topish imkoniyatimi yoki me’morchilik tarixida iz qoldirishmi? Bular — turli va bir biriga doim ham hamroh bo‘lavermaydigan vazifalardir. Loyiha kasbiy obro‘mga zarar yetkazishi ehtimoli mavjud bo‘lganda men ishni va pulni rad etishimga to‘g‘ri kelgan holatlar ham bo‘lgan. Bunda loyiha natijasida tarixiy bino buzilgan yoki xunuk holatga kelib qolgan, shakllantirilgan qimmatli shahar muhiti yoki landshaft buzilgan holatlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Umuman aytganda, har qanday kasbdagi kabi, sevimli va talab etilgan ish bilan shug‘ullanish asosiy jihat hisoblanadi. Har bir yaxshi arxitektor o‘zidan boshqa hech kimga o‘xshamaydi.

O‘zbekiston haqida

Men O‘zbekistonda bundan 41 yil avval, talabalik yillarimda bo‘lganman. Men u vaqtda Qirg‘izistonda amaliyotni o‘tar edim va Bishkekdan Toshkent shahriga kichik safar uyushtirgandim. Unda dahshatli zilziladan so‘ng 12 yil o‘tgan edi va menda, ya’ni arxitektura instituti talabasida yangi Toshkent — qayta tiklangan va tavsifi arxitektura darsliklarida keltirilgan Toshkent shahri katta qiziqish uyg‘otdi.

Hozirgi zamonda (bu yaxshimi yoki yaxshi emasmi — buning ahamiyati yo‘q) farqlar yo‘qolib ketmoqda. Ilgari biz milliy deb atagan xususiyat bugungi kunda mahalliy mansublik deb atalib, tobora barham topmoqda va ehtiyotkor munosabatni talab etmoqda. Agar O‘zbekistonda o‘ziga xos milliy me’morchilik mavjud bo‘lsa, bu juda yaxshi, albatta, chunki kun sayin turli mamlakatlar zamonaviy arxitekturasini ajratish murakkab bo‘lib bormoqda.

Buyurtmachilar bilan hamjihatlik haqida

Mening asosiy buyurtmachim korporativ buyurtmachi, ya’ni developerlar bo‘lib, ular bilan uslubga oid munozaralar yuzaga kelmaydi. Qachonlardir ulardan biri o‘z nuqtayi nazarini ro‘yirost va yuzaki tarzda bayon etdi.

U shunday deb aytdi: “Biz me’morchilik bilan shug‘ullanmaymiz — biz tovar ishlab chiqaramiz. Me’morchilik — faqatgina ushbu tovarning iste’molchilik xislatlaridan biri xolos va agar u boshqa, bundan muhimroq ko‘rsatkichlarga zid kelsa, biz undan osonlikcha voz kechamiz”.

O‘tgan asrda, qurilish bozori rivojlana boshlagan bir vaqtda o‘z ta’bini o‘tkazishga harakat qiluvchi manman va asov yakka tartibda quruvchilar hali mavjud edi, biroq ular allaqachon bor-yo‘g‘idan ajrab, yo‘qolib ketdi. Bugungi kunda professional developer loyihaga buyurtma berayotib, estetik ishtiyoqlarini qondirishga emas, balki foyda olishga intiladi. U arxitektordan muayyan uchastkada bor kuchini ishga solishini, bozorda mahsulot likvidligini va talabi katta bo‘lishini, tejamkorlikni talab etadi.

Me’mor//2019 mustaqil ko‘rik-tanlovda ishtirok etish haqida

Men Me’mor//2019 tanlovi hay’atiga taklif etilganimda bir daqiqa ham ikkilanmadim. Hay’at tarkibida ishtirok etish amaliyotchi arxitektor uchun ta’lim berish kabi foydali bo‘ladi. Bu — kasbiy faoliyatning bir qismi bo‘lib, yanada o‘sish va yangi tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek, loyiha ustida ishlash vaqtining uchdan ikki qismi tahlildan iborat bo‘ladi, hay’at tarkibida ishlash esa — 100 foiz tahlil etish demakdir. Bundan yaxshi aqliy mashg‘ulot bo‘lmasa kerak.

Me’mor//2019 tanlov ishlarini baholash haqida

Men loyihalarni baholash uchun dastlabki mezonlarni belgilamayman. Bir narsani aytishim mumkin: ular yaxshi bo‘lishi kerak va bu - baholanadigan, xolisona xislatdir. Yaxshi deganda, ular kutilmagan, original, o‘ziga xos, mavjud loyihalardan ko‘chirilmagan va taqlid qilinmagan bo‘lishi kerak.

Zamonaviy arxitektura qanday bo‘lishi kerak?

Sifatli bo‘lishi lozim. Har bir shahar boshqasidan farq qiladi va bunda gap aholi soni va zichligi haqida ketayotgani yo‘q. Shahar shaharliklarga tegishli. Agar unda yashovchi insonlarga qulaylik yaratib berilsa, boshqalar ham shunga intiladi. Bu xuddi shod, farovon hayot kechiruvchi insonlar yashovchi baxtli xonadonlarga mehmonga borish kabi yoqimlidir.

Arxitektorlar va interyer dizaynerlarining Me’mor//2019 ochiq ko’rik-tanlovida ishtirok etish uchun talabnomani 2019-yil 20-mayga qadar yuborishingiz mumkin.

https://memorawards.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют