» » Dunyoda birinchi marta Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (foto va video)

Dunyoda birinchi marta Germaniyada haydovchisiz uchar taksi namoyish qilindi (foto va video)


Germaniyaning Lilium startap kompaniyasi besh o‘rindiqli uchar taksini namoyish qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, bu dunyoda birinchi tadqiqot. Lilium vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda qurilma sinovdan o‘tkazildi: o‘zi mustaqil havoga ko‘tarildi, havoda turib, yerga qo‘ndi.

Uchar taksini 36 dona elektr motor harakatga keltiradi. Bu vertikal tarzda ko‘tarilish va qo‘nish imkonini beradi. Qurilma soatiga 300 kilometrni bosib o‘tishi mumkin.

Bir nechta kompaniyalar bunga o‘xshash qurilmalarni sinovdan o‘tkazishgandi, biroq ulardan hech biri bortiga ikkitadan ortiq odamni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagandi.

“Biz har doim o‘rindiqlar sonini beshtaga yetkazishga harakat qilgandik – bu yanada ko‘proq sayyohlar uchun osmonni ochib beradi”, — deydi Lilium asoschilardan biri Deniyel Vigand.

Endi qurilma yana bir necha sinov parvozlarini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Lilium kompaniyasi 2020-yil o‘rtalarida bu modellarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga umid qiladi.

Uchar taksilar Airbus, Uber va boshqa startap kompaniyalar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ushbu transport vositasi tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, uchar taksilar shahar aholisi harakatchanligini oshirib, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi.

Introducing the Lilium Jet. The world’s first all-electric, jet-powered five-seater air taxi.

See the full film here: https://t.co/jy4BdyPNqV

Far away has #NeverBeenCloser pic.twitter.com/YDNjYU4FRO

— Lilium (@Lilium) May 16, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют