» » Talabalar o‘rtasida respublika fan olimpiadalari bo‘lib o‘tmoqda

Talabalar o‘rtasida respublika fan olimpiadalari bo‘lib o‘tmoqda


2019-yilning 13—18-may kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i asosida OTM talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Bu yilgi fan olimpiadalari OTMlardan olingan takliflar asosida tanlangan 92 ta fan bo‘yicha (42 ta umumkasbiy va 50 ta mutaxassislik fanlar) bo‘lib o‘tadi.

OTM talabalari o‘rtasidagi fan olimpiadasi ikki bosqichda: OTM va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida talabalar quyidagi shartlar asosida belashadi:

— ijodiy ish;

— yozma ish yoki amaliy, laboratoriya topshiriqlari (yoki matn tarjima qilish);

— test;

— og‘zaki topshiriqlarni bajarish.

Ijodiy ishlar olimpiada o‘tkazilayotgan muayyan mutaxassislik yoki umumkasbiy fanlar doirasidagi mavzu yuzasidan bajariladi.

Fan olimpiadasining respublika bosqichi g‘olib talabalari Vazirlik diplomlari bilan taqdirlanadi hamda pul mukofoti (1-o‘ringa 3 million, 2-o‘ringa 2,5 million, 3-o‘ringa 2 million so‘m) beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют