» » Ozbekistonda fan olimpiadasining viloyat bosqichi bolib otmoqda

Ozbekistonda fan olimpiadasining viloyat bosqichi bolib otmoqda


Oquvchilarning bahorgi tatil kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi respublikaning barcha hududlarida joriy yilning 2327-mart kunlari otkazilishi belgilangan edi, deyiladi Xalq talimi vazirligi xabarida.

Hududlarda 22-mart kuni fan olimpiadasiga masul xodimlar, hakamlar hayati va auditoriya nazoratchilari hamda kuzatuvchilari uchun Respublika talim markazi xodimlari tomonidan olimpiadani otkazish tartibi, baholash mezonlari boyicha tushuntirish berildi.

Olimpiadaning birinchi kuni 23-martda barcha hududlarda fan olimpiadasining ochilish marosimi bayramona kayfiyat va kotarinki ruhda tashkil etildi. Fan olimpiadasi otadigan barcha talim muassasalarida oquvchilarning sogligi va xavfsizligini taminlash maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlarining doimiy navbatchiligi tashkil etildi.

Hozirda fan olimpiadasi jarayonlarida oquvchilar oz bilimlarini sinovdan otkazmoqda. Respublika boyicha jami 6124 nafar 11-sinf oquvchilar belgilangan fanlardan birinchi tur olimpiada (yozma ish) topshiriqlarini bajarishdi. Mazkur jarayonda apellyatsiya komissiyalari olimpiada ishtirokchilaridan kelib tushgan 20 ga yaqin arizalarni adolatli korib chiqdi. Etiborlisi, barcha fanlar boyicha hakamlar hayati va apellyatsiya komissiyasi azolari tarkibiga hududdagi oliy talim muassasalari, xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tajribali oqituvchilari jalb etilgan.

Takidlash joizki, bu yilgi fan olimpiadasi adolat prinsiplari va shaffoflik tamoyillari asosida otkazilishi taminlanmoqda. Olimpiada otkaziladigan har bir oquv xonasida videokuzatuv moslamalari ishchan holatda, bundan tashqari, ota-onalar uchun olimpiada jarayonlarini togridan-togri (onlayn) videokuzatuv moslamalari orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, bazi hududlarda olimpiada jarayonlariga mudofaa boshqarma xodimlari hamkorlik uchun jalb etilgan. Quvonarli tomoni shundaki, bazi fanlardan oquvchilar belgilangan topshiriqlarni 100% natija bilan bajarishmoqda.

Ayni vaqtda olimpiadaning ikkinchi kuni davom etmoqda. Oquvchilar olimpiadaning ikkinchi turida test topshiriqlarini yechib, bilimlarini namoyon etishdi. Fan olimpiadalarining test topshiriqlari maxfiyligi taminlanib, masullar orqali elektron variantda himoyalangan holda olimpiada boshlanishidan bir soat avval joylarga yetkazildi. Olimpiada topshiriqlarini joylarda hakamlar hayati tomonidan ekspertizadan otkazilgandan song ishtirokchilarga tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-03-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -