» » Foto: Andijan City majmuasi loyihasi

Foto: Andijan City majmuasi loyihasi


O‘zbekiston qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Zokirov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturida Andijan City ishbilarmonlik markazi loyihasi to‘g‘risida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyevga uning Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida taqdim etilgan. Majmua Bobur, Amir Temur va Mustaqillik ko‘chalaridagi eski uylar o‘rniga 70 gektarlik maydonda barpo etiladi. “Mazkur siti Bobur haykalidan boshlanadi”, — dedi Botir Zokirov.

Loyiha doirasida 16 qavatli besh yulduzli mehmonxona, kongress-xoll, 24 qavatli ofislar binosi, 30 qavatli biznes markazi, sog‘lomlashtirish va ko‘ngil ochish maskanlari, restoranlar, 7, 9 va 12 qavatli turar joylar, yerosti o‘tish yo‘llari, qo‘g‘irchoq teatri, 16 qavatli bank binosi barpo etiladi.

Birinchi bosqichda energiya tejovchi materiallardan 12 ta to‘qqiz qavatli monolit uylarni qurish rejalashtirilgan. 21 gektarlik maydonga 70 ta uy qurish belgilangan.

“Loyiha Prezident tomonidan ma’qullandi. Biz qisqa muddatlarda mamlakat rahbari ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan o‘z ishchi loyihamizni taqdim etishimiz lozim”, — dedi Botir Zokirov.

Prezidentga namunali turar joylar, jumladan, taunxauslarning afzal jihatlaridan foydalanilgan kottejli aholi punktlari loyihasi ham taqdim etilgan. Mazkur hududda bolalar bog‘chasi, kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish binosi, sport qurilmalari va dam olish zonasi kabi ijtimoiy infratuzilmalar ham barpo etiladi.

Binolarni qurishda 3D va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Muhandislik tarmoqlari va yashash uchun sharoitlarning avtonom ta’minlanishi kutilmoqda.

Jumladan, havodan suv olish qurilmalari, suv sifatini ichish uchun yaroqli holga keltirish bo‘yicha sun inshooti, porshenli qurilma, gaz generatori va fotoelektr stansiyasi taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют