» » Telegramning shubhali kanallari firibgarlik yorligini ola boshladi. Royxatda Ozbekistonning kanali ham bor

Telegramning shubhali kanallari firibgarlik yorligini ola boshladi. Royxatda Ozbekistonning kanali ham bor


Telegram messenjeri mamuriyati firibgarlik (scam) yorligini ishlata boshladi. U buni shubhali kanallar, akkauntlar va botlarga nisbatan qollaydi. Bu haqda Novosti Uzbekistana xabar berdi.

Bugungi kunda yorliq 49 ta kanalga, jumladan, Ozbekistonning 1 ta kanaliga ham berilgan. Qora royxatda Rossiya yetakchilik qilmoqda (45 ta kanal).

Shuningdek, Ukrainaning 2 ta kanali va Buyuk Britaniyaning 1 ta kanali ham kirgan. Kopchiligi savdo va boshqa kategoriyaga tegishli. Bunday kanallarning umumiy azosi 1,7 million kishini tashkil qiladi.

Xuddi shunday yorliqni shubhali hisoblangan kanal administratorlari ham olgan. Uni profildagi tasvirdan topish mumkin.

Firibgar deya etirof etilgan kanallarga togridan togri yoki ichki havola orqali kirish mumkin. Ammo messenjerning qidiruv tizimi orqali topib bolmaydi.

Xabarda aytilishicha, bunday yorliq berish TON blokcheyn-platformasidagi elon bilan bogliq bolishi mumkin. Shuningdek, Telegram bunday yorliqni olmaslik uchun qanday qoidalarga amal qilish kerakligi haqida rasmiy malumot bermagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-05-2019, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -