» » Durov FQBning hamkorlik qilishga majburlashga urinishlari haqida gapirib berdi

Durov FQBning hamkorlik qilishga majburlashga urinishlari haqida gapirib berdi


Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Amerika maxsus xizmatlari uni qanday qilib hamkorlik qilishga ko‘ndirishga harakat qilgani haqida gapirib berdi, deb yozadi “RBK”.

Ularning qiziqishi 2014-yilda Durov “VKontakte”dagi ulushini sotib, Rossiyani tark etayotgan vaqtda boshlangan. Chegarani kesib o‘tishda uni so‘roq qilishib, maxsus xizmatlarga foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rashgan. Boshqa safarlari chog‘ida ham bunday qiziqishlar davom etgan. Agentlar uning pochta manzilini olib, zarur bo‘lib qolgan vaziyatda Telegram’ga yordam berish takliflarini yuborgan.

2016-yil mayida Google I/O konferensiyasida qatnashish uchun San-Fransiskoga kelganida esa, FQB agentlari Durov Airbnb orqali ijaraga olgan xonadonga ogohlantirishsiz kelgan. Ular sud qarorini ko‘ratib, “jamiyatni terrorizmdan himoya qilish uchun” Telegram’da norasmiy kanal ochib berishni va terrorchilik xavfi yuzaga kelgan taqdirda, muayyan foydalanuvchilar haqida axborot almashishni taklif qilgan. Durov o‘z qarorini yuristlari sud qarorini o‘rganib chiqqanidan keyin bildirishini aytgan.

Shundan keyin agentlar Telegram’ning yana bir xodimini o‘n ming dollar pora bilan ana shunday maxfiy kanal ochishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют