» » Angliya Superkubogi uchun kurashadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Angliya Superkubogi uchun kurashadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti” “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (6:0).

Pep Gvardiola jamoasining Angliya Superkubogi uchrashuvidagi raqibi “Liverpul” bo‘ladi. Bu haqda mersisaydliklarning rasmiy saytida xabar berildi.

Mavsum yakuniga ko‘ra, Angliya Premyer ligasi jadvalida 2-o‘rinni egallagan Superkubokda o‘ynash huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, “qizillar” 2006-yildan buyon ilk marta mazkur sovrin uchun kurashadi. So‘nggi bor jamoa Kardiffda kechgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).

2019-yilgi Superkubok uchrashuvining o‘tkazilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют