» » Taxtlar oyinining final qismi sabab 27,2 mln amerikalik ishini chetga surib qoydi (video)

Taxtlar oyinining final qismi sabab 27,2 mln amerikalik ishini chetga surib qoydi (video)


27,2 million amerikalik 20-may kuni Taxtlar oyini serialining oxirgi qismi chiqishi munosabati bilan ishga umuman bormasligi, kech qolishi, uydan turib ishlashi yoki ish samaradorligi past bolishi kutilmoqda. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Bunday natija The Harris Poll tomonidan otkazilgan ijtimoiy sorov orqali aniqlangan.

Oxirgi seriyani tomosha qilishni rejalashtirgan 10,7 million ishchilar Temir taxtga kotarilishni kuzatish va uni nishonlash yoki salbiy hissiyotlarni yengish uchun ishga bormasligini malum qilgan.

Yakshanba kuni kechki payt ishlaydigan 5,8 million kishi bu safar boshqacha harakat qiladi. Dushanba kuni ertalab 2,9 millionga yaqin kishi ishiga kech qolishini, 3,4 million kishi esa uydan turib ishlashini aytgan.

Qolgan bir necha million odam, Taxtlar oyinining finalini tomosha qilish ularning ish jadvali va/yoki samaradorligiga tasir qilishini malum qilgan.

Tadqiqotdan malum bolishicha, Taxtlar oyinining songgi mavsumi allaqachon 20,4 million amerikaliklarning ishlashiga putur yetkazgan.

4,4 million ishchi epizodlarni qayta korish uchun atayin ishiga bormagan.

7,3 million ishchi dushanba kuni ishga bormaslik uchun kasallik tatili yoki dam olish kuni olganini tan oldi, chunki kechasi ular Taxtlar oyinini tomosha qilib chiqqan boladi.

Serialning koplab muxlislari, hatto ishlayotganda ham, ularning fikrlari Vesterosda bolishini aytgan: 12,7 million ishchi haftada besh yoki undan kop soat vaqtni internetda Game of Thrones haqida malumotlar oqish, muhokama qilish va post qoldirishga sarflashlarini tan olgan, 16,5 million kishi esa bir soatdan tort soatgacha vaqt sarflagan, deyiladi xabarda.

Sorov onlayn tarzda 7-maydan 9-maygacha 18 yoshdan oshgan va ishlaydigan 1090 nafar amerikaliklar ortasida otkazilgan.

8-mavsumning final qismi videopromosi:



Manba: Daryo.uz
: admin (19-05-2019, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -