» » O‘zbekistonda BQ mobil elektronikalari sotuvi boshlandi!

O‘zbekistonda BQ mobil elektronikalari sotuvi boshlandi!


Rossiyaning eng yirik mobil elektronika brendlaridan biri – BQ MDH mamlakatlarida o‘z faoliyati ko‘lamini kengaytirgan holda O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda 50 dan ortiq modeldagi smartfon, mashhur tugmachali telefonlar va planshet kompyuterlarini taqdim qilib ulgurdi. BQ kompaniyasi qolgan MDH davlatlari bozoriga ham kirib borishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda BQ bozordagi mavjud smartfonlar segmentida yuqori sifatlisini taklif qiladi. Mahsulotlar zamonaviy dizayni, funksionalligi va yuqori ishlash faoliyati, sifatli yig‘ilganligi, ishonchli korpusga hamda oddiy va tushunarli interfeysga egaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, kompaniya zamonaviy tendensiyalarga e’tibor qaratmoqda va modelidan kelib chiqqan holda 3 tadan 6 tagacha keng turdagi ranglar tanlovini taklif qiladi. Masalan, planshetlar rossiyalik foydalanuvchilar uchun sevimli bo‘lgan ko‘plab noyob ranglarga ega bo‘ladi.

BQ bosh direktori Vladimir Puzanov: “BQ brendi taniqliligini doimiy ravishda oshirayotgan mahsulotlarning yuqori sifati hamda faol marketing siyosati BQ’ning O‘zbekistondagi kuchli jihatlari bo‘lib xizmat qiladi. Hozirda BQ’da uchta yirik loyiha mavjud. Bular – “Spartak—Moskva” futbol klubiga homiylik qilish, “Ruki Vverx!” BQ Tur guruhi bilan federal loyiha hamda Rossiyaning yetakchi musiqiy guruhlaridan biri, rossiyalik taniqli san’atkorlar qatorida xorij estradasi vakillarini ham o‘z ichiga olgan Malfa bilan hamkorlik.

BQ bu — har yili beriladigan turli xil oliy toifali mukofotlar laureati. Kompaniya tarixida ilk marta “Spartak—Moskva” muhlislari uchun yaratilgan BQ-5500L AdvanceSpartakEdition smarfoni ko‘lga kiritgan “Sport va Rossiya-2018”, “Podari jizn” hayriya fondini qo‘llab-quvvatlash loyihasi uchun “Rossiyaning eng yaxshi ijtimoiy loyihasi-2018”, BQ’ning “Smartfonlar” va “Innovatsiyalar vaqti-2018” nominatsiyalarida eng yaxshi deb topilishi hamda “Yil mahsuloti” nominatsiyasida BQ-6200L Aurora flagman smartfonining g‘alaba qozonishi natijasida erishgan “Iste’molchilar huquqi va xizmat qo‘rsatish sifati mukofoti-2018” shular jumlasidandir. Bizning rejalarimiz – yuqori sifatli smartfon taqdim etshi orqali milliy brend maqomini olish va B-brendlar orasida MDH bozorlaridagi yetakchi o‘rinni egallash”.

BQ kompaniyasi allaqachon O‘zbekistondagi yirik distribyutorlar va hududiy sotuvchilar bilan shartnomalar tuzib ulgurgan. Bugungi kunda ArenaMarkaz, GoodZone, MediaPark, BeelineUzbekistan bosh ofisida BQ smartfonlari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ularni Olcha.uz, Home24.uz va Shopme.uz internet-do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Shuningdek, aloqa operatorlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. BQ mahsulotlari to‘liq sertifikatlangan, barcha zarur hujjat va yorliqlarga ega. Kompaniyaning Toshkentda to‘rtta, Respublikaning har bir yirik shaharida bittadan mijozlarga kafolat va kafolatdan keyingi to‘liq xizmat turlarini taqdim etadigan vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari mavjud.

2018-yilda BQ CounterPointAnalytics’ning sotuv hajmi bo‘yicha tuzilgan reytingiga ko‘ra, eng mashhur smartfon ishlab chiqaruvchilarining TOP-5 taligiga kirdi.

BQUzbekistan’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Instagram

Facebook

Telegram

Rasmiy saytlar: http://bq.ru, http://bqmobile.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют