» » Rossiyaning “Pareto-print” nashriyot-poligrafiya kompleksi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

Rossiyaning “Pareto-print” nashriyot-poligrafiya kompleksi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi


3-oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev hamda Rossiyaning eng yirik matbaa korxonalaridan biri “Pareto-print” nashriyot-poligrafiya kompleksi bosh direktori P.Arsenev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya matbaachilari o‘rtasidagi hamkorlik masalasi ko‘tarildi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabarida aytiladi.

– 2009-yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Pareto-print” kompaniyasi bugungi kunda Rossiya kitob bozorining 15% mahsulotini nashr qilishi bilan ajralib turadi, – deydi P.Arsenev. – Biz O‘zbekiston kitob bozorini o‘rganib chiqdik va bu borada o‘z xizmatlarimizni taklif qilmoqchimiz.

Shuningdek, uchrashuv davomida P.Arsenev “Pareto-print” nashriyot-poligrafiya kompleksining ish faoliyati, kompaniya erishayotgan yutuqlar, ularning qamrov doirasi, foydalanilayotgan zamonaviy texnik uskunalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

– Biz “Pareto-print” kompaniyasini texnologik jihatdan modernizatsiyalashgan korxona sifatida yaxshi bilamiz. MDH davlatlari ichida kompaniya zamonaviy uskunalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birida turadi, – deydi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev. – Sizlardagi innovatsion rivojlanish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish o‘zbekistonlik matbaachilar uchun foydadan xoli bo‘maydi. Hamkorligimizni mana shu yo‘nalishda olib borishni taklif qilgan bo‘lardim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют