» » Alen Delon Kann festivalida faxriy “Oltin palma novdasi” bilan taqdirlandi

Alen Delon Kann festivalida faxriy “Oltin palma novdasi” bilan taqdirlandi


Kinematografiya sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun afsonaviy fransuz aktyori Alen Delon faxriy “Oltin palma novdasi” bilan taqdirlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Tantanali taqdirlash marosimi 19-may kuni bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Festivallar saroyida Delon ijrosidagi “Msye Klyayn” (1976-yil) dramasi namoyish etildi.

Aktyor avvalroq bergan intervyusida ushbu mukofotni qabul qilishga o‘ylanayotganini, biroq yakunda uni olib, shu kunga qadar birga ishlagan rejissorlariga hurmat bajo keltirishga qaror qilganini bildirgandi.

Fransiyalik teatr va kino aktyori, rejissor va ssenarist Alen Delon “Rokko va uning aka-ukalari” (1960), “Yorqin quyosh uzra” (1960), “Samuray” (1967), “Shahardagi ikki kishi” (1973) kabi filmlar orqali butun dunyoga tanilgan. Alen Delon “Bizning tarix” filmi uchun “Sezar” hamda xalqaro Berlin kinofestivali faxriy mukofotlarini qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют