» » Ahmadboy ishi: Ahmadjon Tursunboyevga yana bir jinoyat ishi boyicha hukm oqildi

Ahmadboy ishi: Ahmadjon Tursunboyevga yana bir jinoyat ishi boyicha hukm oqildi


Jinoyat ishlari boyicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini korib chiqish boyicha sud oz yakuniga yetdi, deb xabar berdi Kun.uz.

Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik korish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda otashi belgilandi.

Ahmadjon Tursunboyevga Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik korish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan ish haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi ham tayinlandi.

Malumot uchun, 2018-yil 21-fevralda jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudida Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shugullanish), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik korish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da kozda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qochqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Rashid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi elon qilingan.

Jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudi 7 nafar sudlanuvchini Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boyicha aybdor deb topgan va Ahmadjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 som) jarima jazosi, Olmos Qochqorovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 som) jarima jazosi, Izzatila Ibrohimovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 som) jarima jazosi, Murodjon Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 som) jarima jazosi, Oybek Tursunboyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 som) jarima jazosi, Azizjon Turdiyevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shugullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 som) jarima jazosi va Rashid Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 som) jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2019, 13:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -