» » Imom Buxoriy majmuasida ilk mehmonxona qurilishi boshlandi

Imom Buxoriy majmuasida ilk mehmonxona qurilishi boshlandi


Imom Buxoriy majmuasining qayta ta’mirlanishi, kengaytirilishi, obod qilinishi yurtimizning turizm salohiyatini tobora yuksaltiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi.

Imom Buxoriy majmuasi atrofida ziyoratchilar uchun zamonaviy, barcha talabga javob bera oladigan infratuzilma yaratish maqsadida bosh reja ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, majmua yaqinida qariyb bir kilometrlik xiyobon yaratiladi, xiyobon bo‘ylab 26 ta mehmonxona bunyod etiladi.

Ana shu ishlarning dastlabkisiga bugun birinchi tamal toshi qo‘yildi. Imom Buxoriy majmuasi yonida dunyoga mashhur Indoneziya mamlakatining “Sahid Hotels & Resort” kompaniyasi mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda besh yulduzli mehmoxona qurishni boshladi.

Binoning poydevorini qo‘yish marosimida Samarqand viloyat hokimligi, xorijlik investorlar, mahalliy tadbirkorlar va Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют