» » Manba: Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov tadbirkorlarni qurilish va yo‘l ishlariga majburlagani uchun ozodlikdan mahrum etilgan

Manba: Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov tadbirkorlarni qurilish va yo‘l ishlariga majburlagani uchun ozodlikdan mahrum etilgan


Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov yer maydoni ajratib berish evaziga tadbirkorlarni ijtimoiy binolar qurish va ko‘chalarni asfalt qilish ishlariga majburlagani uchun 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda “Daryo”ning o‘z manbalari ma’lum qildi.

14-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Abdusamatovni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 2-qismi “a” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha aybli deb topgan edi. Lekin sudya Zafar Nurmatov sobiq hokim aynan qaysi qilmishi uchun ozodlikdan mahrum etilganiga aniqlik kiritmagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Abdusamatov o‘z mansab vakolatidan foydalanib tadbirkorlarni yer maydoni ajratib berish evaziga tumandagi bir nechta ijtimoiy ob’ekt va mahalla fuqarolar yig‘ini binolarini qurishga majburlagan. Shuningdek, shu shart bilan hududdagi ko‘chalarni asfaltlash ishlarini ham tadbirkorlarga bajartirgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi sud majlisida sobiq hokimga pul bergani aytilgan tadbirkorlar — Isroil Alimov, Umid To‘rayev va Shuhrat Boboyev hamda fuqaro Muzaffar Musayev Abdusamatovga nisbatan moddiy va ma’naviy da’volari yo‘qligini bildirilgan edi.

Qayd etish joiz, sud hukmida dastlabki tergov harakatlari davomida yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda qoplash maqsadida sobiq hokim tomonidan taqdim etilib, DXX depozit xizmat raqamiga topshirilgan 400 ming dollar uning turmush o‘rtog‘i Abdusamatovaga qaytarilishi, Malibu va Captiva’lar esa taqiqdan chiqarilishi belgilangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют