» » Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovning sudi noma’lum sababga ko‘ra qoldirildi

Yunusobodning sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovning sudi noma’lum sababga ko‘ra qoldirildi


Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanayotgan Yunusobod tumani sobiq hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Abdusamatov ustidan olib borilayotgan sud ishining navbatdagi majlisi 6-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

1-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Baxtiyor Abdusamatov, vaqtincha ishsiz O‘lmas Muhammadsaidov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Milliy PR-markazi” sobiq bosh direktori Shohrux Malikov ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 6-may kuniga belgilangan edi.

6-may kuni Toshkent shahar sudi ma’muriyati sud jarayoni 7-may kuniga qoldirilganini ma’lum qildi. Sudning ortga surilish sabablari bo‘yicha izoh berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi. Biroq 1-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Toshkent shahar prokurori yordamchisi Sardor Ahmedov pora olish to‘g‘risidagi ayblovni bekor qilishni so‘ragan.

O‘shanda sobiq hokim Abdusamatov, jumladan, shunday degandi: “Bir narsani aytishni xohlayman. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan boshlab sakkiz oy davom etgan turli harakatlar, ayniqsa tergov harakatlarigacha — bularning barchasi ‘korrupsion sensatsiya’ uchun qasddan Davlat xavfsizlik xizmatining ayrim sobiq rahbarlari tomonidan amalga oshirildi. Bu mening taxminim”.

Uning ta’kidlashicha, ommaviy axborot vositalarida hokimning pora olayotganda qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar ushbu taxminning asosiy dalilidir. Kimdir yolg‘ondan shon-shuhratga ega bo‘lishni xohlagan va bu ish DXX raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov va boshqarmalarning sobiq rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют