» » Bosh prokuratura 400 ming dollar pora bilan ushlangan Yunusobod hokimi ishi haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura 400 ming dollar pora bilan ushlangan Yunusobod hokimi ishi haqida ma’lumot berdi


Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 2018-yil sentabr oyi boshlarida katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingandi. Ba’zi axborot manbalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, Abdusamatov qator amaldorlarga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

Shuningdek, uning ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida shu kungacha 400 dan ortiq guvoh so‘roq qilingani iddao etiladi.

“Kun.uz” ushbu ma’lumotga oydinlik kiritishni so‘rab Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.

Uning ma’lumot berishicha, Yunusobod tumani sobiq hokimi va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, mazkur jinoyat ishi yurituvi ustidan Bosh prokuratura tegishlicha nazorati o‘rnatilgan.

1976-yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan Baxtiyor Abdusamatov joriy yilning sentabr oyi boshlarida katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют