» » Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi


Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga Baxtiyor Abdusamatov hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmatiga tayanib, UZ24 ma’lum qildi.

Baxtiyor Abdusamatov 1976-yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997-yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida boshlagan.

2011-2013-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan oldin vazirlik tuzilmalarida turli vazifalarda mehnat qilgan.

Baxtiyor Abdusamatov 2013-yildan beri O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mira’zam Mirqosimov Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani, uning birinchi o‘rinbosari Sardor Qosimov hokim vazifasini vaqtincha bajarib turgani bildirilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют