» » Toshkent viloyatida umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun “Sifat yulduzi” joriy etilmoqda

Toshkent viloyatida umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun “Sifat yulduzi” joriy etilmoqda


Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish va turistik xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yil 15-maydan e’tiboran tajriba tariqasida umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyatini baholash va ularga 5 toifadan iborat “Sifat yulduzi” sertifikatini berish tizimi joriy etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatidan xabar qilishicha, “Besh yulduz” a’lo darajadagi ovqatlanish shoxobchalariga berilsa, “To‘rt yulduz” — namunali, “Uch yulduz” — yaxshi, “Ikki yulduz” — qoniqarli, “Bir yulduz” — tavsiya etish mumkin tarzida belgilanadi.

Umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyatini baholash va unga sertifikat berish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarga chiqib o‘rganishlar natijasida amalga oshiriladi.

Sertifikat Toshkent viloyati hokimining turizm rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tegishli tuman (shahar) hokimi, viloyat savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tasdiqlanadi. Sertifikatni rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.

Ushbu sertifikatlarga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar turistlar uchun xizmat ko‘rsatadigan korxonalarga taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют