» » Samarqanddagi 13 ta obyekt atrofida Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Samarqanddagi 13 ta obyekt atrofida Wi-Fi zonalari tashkil etildi


Samarqanddagi 13 ta obyekt atrofida Wi-Fi zonalari tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu zonalar Registon maydoni, Samarqand xalqaro aeroporti, Temiryo‘l vokzali, Hazrati Xizr masjidi, Afrosiyob muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim majmuasi, Al-Buxoriy majmuasi, Siyob bozori va Ulug‘bek avtoshohbekatida tashkil etilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlarda Wi-Fi tizimiga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli tarmoqdan foydalanish taklif etiladi.

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют