» » 22 mln so‘m uchun bir oilani o‘ldirganlar, Zelenskiyning qasamyodi, Tojikistonda mahbuslar isyoni va kunning boshqa xabarlari

22 mln so‘m uchun bir oilani o‘ldirganlar, Zelenskiyning qasamyodi, Tojikistonda mahbuslar isyoni va kunning boshqa xabarlari


20-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Samarqandda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirganlar 22 mln so‘m va Samsung telefonini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi. Ular marhumlar bilan mahalladosh bo‘lgan.

Gumon qilinuvchilar G‘.T., J.U., Sh.E. hamda X.N.ning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, gumon qilinuvchilarning ko‘rsatuvlarini hodisa joyida tekshirish tergov harakatlari, ashyoviy dalil tariqasida olingan jinoyat qurollari bo‘lgan 4 dona temir bo‘laklari, marhum J.I.ga tegishli bo‘lgan Samsung Galaxy A8 rusumli telefon apparati, marhumlarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari, jinoyat sodir etish vaqtida gumon qilinuvchilarning egnida bo‘lgan kiyimlari va boshqa dalillar majmui bilan to‘liq tasdiqlanmoqda.

***

Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti sifatida qasamyod keltirdi.

Parlamentdagi marosimda unga prezidentlik ramzlari — ko‘krak nishoni, gerbli muhr va cho‘qmor  topshirildi. Rada yig‘ilishida deputatlardan tashqari 50 dan ortiq xorijiy delegatsiya ishtirok etdi.

Zelenskiy o‘zining inauguratsiyasi vaqtidagi nutqida Oliy radani tarqatib yuborishini e’lon qildi.

U, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga iste’foga chiqishni taklif qildi.

Keyinroq esa Zelenskiy amaldorlardan uning portretini idoralarga osmaslikni so‘radi.

***

Tojikistondagi qamoqxonada mahbuslarning isyon ko‘tarishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi.

19-may, yakshanba kuni kechqurun Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vaxdat shahridagi qat’iy rejimdagi koloniyada yuz bergan isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi.

***

“Ahmadboy ishi”: Ahmadjon Tursunboyevga yana bir jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.

Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

***

Islom Karimov xavfsizlik xizmati boshlig‘i va sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy 3,5 yilga qamaldi.

Muidjon Tohiriy Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209 (mansab soxtakorligi) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют