» » 8-martga o‘tar kechasi Farg‘onadagi xonadondan 2600 dollar va Gentra o‘g‘irlandi. Uch bosqinchining ikkisi — qizlar

8-martga o‘tar kechasi Farg‘onadagi xonadondan 2600 dollar va Gentra o‘g‘irlandi. Uch bosqinchining ikkisi — qizlar


Farg‘ona shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga 8-martga o‘tar kechasi noma’lum uch kishi bostirib kirgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jabrlanuvchining ma’lum qilishicha, bosqinchilar temir jism bilan qurollangan bo‘lgan. Ular xonadon egasining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, tan jarohati yetkazgan, 2 600 dollar va Gentra avtomashinasini egallab, noma’lum tomonga qochgan.

Voqea joyiga chiqqan tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat sodir bo‘lgan joydan 9 dona barmoq izlari, uzunligi 120 sm bo‘lgan bitta temir va xonadonga o‘rnatilgan videokameradagi yozuvlar tekshirish uchun ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Tezkor qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchiga tegishli avtomobil shaharning Oltin kuz ko‘chasida noma’lum shaxslar tomonidan boshqarib ketilayotgani aniqlangan va militsiya xodimlari tomonidan ushlangan. Gumonlanuvchilarning yonidan jabrlanuvchiga tegishli 900 dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

“Mazkur bosqinchilik jinoyatini 1992-yilda va 1993-yilda tug‘ilgan ikki qiz hamda 1997-yilda tug‘ilgan yigit birgalikda, oldindan jinoiy til biriktirib sodir etgani aniqlandi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (9-03-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют