» » Samarqand viloyati hokimi bir oilaning besh a’zosi o‘ldirib ketilishi yuzasidan: Bu o‘ta mudhish voqelik barchamiz uchun sharmandali holat

Samarqand viloyati hokimi bir oilaning besh a’zosi o‘ldirib ketilishi yuzasidan: Bu o‘ta mudhish voqelik barchamiz uchun sharmandali holat


Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha gumon qilinuvchilar ushlangach, kecha mazkur hodisa ushbu qishloq ahli hamda tuman jamoatchiligi ishtirokida muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, 2019-yilning 15-may kuni Qo‘shrabot tumanida Boqichig‘atoy mahallasi hududidagi “Oltin-meros” fermer xo‘jaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashina ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida IIBga xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga zudlik bilan tezkor guruh yetib borib, vaziyatni o‘rgandi. Avtomashina Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan I.J.ga tegishli ekanligi, mashina ichida I.J. hamda uning oila a’zolari – 1969-yilda tug‘ilgan otasi A.X., 1974-yilda tug‘ilgan onasi X.Z., ukalari – 2002-yilda tug‘ilgan I.A. va 2006-yilda tug‘ilgan I.O.ning jasadlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ichki Ishlar idoralari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borildi. Jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillar o‘rganildi, qotillarni topish yuzasidan qishloq aholisi, hududga yaqin mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashildi.

Uch kun tun-u kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillik jinoyati fosh etildi. Jinoyatni Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan T.G‘., 1995-yilda tug‘ilgan E.Sh., 1993-yilda tug‘ilgan U.J. va Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan N.X. sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ular ushlangan.

Gumon qilinuvchilarning iqrorlik ko‘rsatuvlari, hodisa joyida o‘tkazilgan tekshirish tergov harakatlarida ma’lum bo‘lishicha, ular bu jinoyatni ushbu xonadondan pul va boshqa qimmatli ashyolarni o‘g‘irlash niyatida amalga oshirgan. Buning uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rgan. Joriy yilning 14-mayidan 15-mayga o‘tar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, oila a’zolarining uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan ularning bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 million so‘m va Samsung Galaxy A8 rusumli telefonni qo‘lga kiritgan.

Shundan so‘ng, ular jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhum J.I.ga tegishli Damas rusumli avtomashinaga jasadlarni yuklab, avtomashinani Qo‘shrabot tumanidagi Boqichig‘atoy qishlog‘idagi dalaga tashlab ketgan.

“Bu o‘ta mudhish voqelik barchamiz uchun sharmandali holat, – dedi viloyat hokimi E.Turdimov. – To‘rt nafar yosh yigitlarning pul ilinjida besh kishining qotiliga aylanishi tasavvur qilish qiyin bo‘lgan holat. Ming afsuski, ana shu tasavvur qilib bo‘lmaydigan holat siz-u bizning ko‘z o‘ngimizda ro‘y berdi. Odam bolasining shunchalik vahshiylikka borishini hayolga keltirishning o‘zi dahshat. Buning ildizi avvalo odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga e’tiborsizligiga borib taqalmoqda. Sen menga tegma, menga senga tegmayman, degan qarash mana, nima oqibatga olib keldi. Axir Chimqo‘rg‘onda ham mahalla bor, oqsoqollar bor. Profilaktika inspektori, uning yordamchisi faoliyat ko‘rsatadi. Nahotki, mahallada hech kim odamlarning bir-biriga bunday munosabati shakllanganini sezmagan? Bu faqat chimqo‘rg‘onliklar uchun emas, butun Ishtixon tumani aholisi, barchamiz uchun achchiq saboq bo‘lishi kerak. Bunday og‘ir jinoyatlarga qarshi barchamiz birgalikda kurashishimiz, joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozim. Albatta, jinoyatni sodir etgan qonunda belgilangan jazosini oladi. Lekin bu jinoyat Chimqo‘rg‘ondagi muhitga, odamlarning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi, aksincha odamlarni jipslashtirishi, ogoh va xushyorlikka chorlashi lozim”.

Uchrashuvda Samarqand viloyati prokurori F.Zufarov, Ishtixon tumani hokimi Sh.Negmatov, Chimqo‘rg‘on qishlog‘i oqsoqollari va tuman faollari so‘zga chiqib, aholini jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish hamda atrofdagi voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka da’vat etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют