» » Germaniyalik mashhur fokuschi Samarqandga kelib illyuziya tomoshalaridan namunalar ko‘rsatdi (foto)

Germaniyalik mashhur fokuschi Samarqandga kelib illyuziya tomoshalaridan namunalar ko‘rsatdi (foto)


Germaniyadan mashinasida chiqqan Tobi Van Deisner 12312 kilometr yo‘l bosib Samarqandga yetib keldi, deb xabar berdi Zarnews. Fokuschi oilasi bilan Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilib 10 oy ichida turli mamlakatlarda bo‘lib, turli xalqlarning yashash tarzi hamda madaniyati bilan tanishishni maqsad qilgan edi.

“O‘zbekistonga yetib kelganimizga o‘n kun bo‘ldi. Bu yerga kelguncha 13 ta davlatdan o‘tdik. Men O‘zbekiston haqidagi ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni kitoblarda o‘qiganman. Bu yurtni ko‘rish ko‘p yillik orzum edi. Qiziqishlarim meni vataningizga sayohat qilishga undadi. Turmush o‘rtog‘im bilan O‘zbekistonning tarixiy obidalari, odamlarning urf-odatlarini ko‘rdik”, — deydi Tobe Van Deisner.

Mashhur fokuschi Samarqandga kelishdan avval Nukus, Xorazm va Buxoroda bo‘lganini va har bir viloyatning tabiati o‘zgacha ekanligi, milliy taomlari ham bir-biridan farq qilishini ta’lidlagan.

“Samarqand haqiqatan ham juda go‘zal shahar ekan. Ayniqsa, bu shaharning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni haqida ko‘p eshitganman. Bu yerdagi tarixiy obidalarning qurilishi, arxitekturasi har qanday kishini o‘ziga maftun etadi”, — degan u.

Fokuschi samarqandliklar uchun o‘zining illyuziya tomoshalaridan namunalar ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, Tobi Van Deisner Samarqandda ikki kun bo‘lib, keyin Shahrisabzga yo‘l oladi. U yerdan Tojikistonga o‘tib Pomir yo‘li orqali Qirg‘izistonga o‘tadi. Keyinchalik Qozog‘iston, Rossiya, Mongoliya, Xitoy, Laos, Kamboja davlatlari orqali 2020-yilning yanvar oyini boshlarida Malayziyada bo‘lishni, u yerdan uyiga samolyotda yetib borishni rejalashtirishmoqda.

U 15 yil ichida 50 dan ortiq mamlakatlarga sayohat qilgan.

Avvalroq fokuschining Germaniyadan mashinada 66 kun yo‘l bosib O‘zbekistonga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют