» » “Taxtlar o‘yini” serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi

“Taxtlar o‘yini” serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi


AQShda “Taxtlar o‘yini” seriali yakuniy mavsumining so‘nggi qismini 19 milliondan ortiq odam tomosha qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, sakkizinchi mavsumning oltinchi qismi efir vaqtida, shuningdek, HBO GO va HBO NOW platformalarida jami 19,3 million marta ko‘rilgan. Mazkur ko‘rsatkich nafaqat serial uchun, balki HBO kanali uchun ham rekord darajaga aylandi.

Bundan oldingi rekord serialning beshinchi qismiga tegishli edi — 18,4 million marta ko‘rilgan.

HBO ma’lumotlariga ko‘ra, “Taxtlar o‘yini” serialini dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridan turib ko‘rish mumkin, biroq ko‘plab bozorlardan ma’lumotlarni olish qiyinligi sabab, uning butun dunyo bo‘ylab necha marotaba ko‘rilganini bilishning imkoni yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют