» » Qarshidan to Garvard tibbiyot maktabigacha. Jamshid Jambulovning qalblarni larzaga keltiruvchi hikoyasi

Qarshidan to Garvard tibbiyot maktabigacha. Jamshid Jambulovning qalblarni larzaga keltiruvchi hikoyasi


Xalqaro talim boyicha Amerika kengashlarining Ozbekistondagi vakolatxonasi ozbekistonlik Jamshid Jambulovning qanday qilib Garvard tibbiyot maktabini muvaffaqiyatli tamomlab, AQShda tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritayotgani haqida hikoya qilib berdi. Quyida Jamshid Jambulovning muvaffaqiyati tarixi etiboringizga havola etiladi.

Ozbekistonning janubiy mintaqasida tugilib osgan Jamshid Jambulovning AQShning nufuzli Garvard tibbiyot muassasasining tadqiqot grantini qolga kiritishi uning FLEX dasturi asosida ilm olgani samarasidir. 16 yoshli Jamshid oz inshosini yozarkan, ingliz tili ustozlaridan yordam soradi. Chunki, uning nazarida ingliz tili boyicha bilimlari yetarli emasdek edi. Biroq oqituvchilarning tavsiyalari uning qalbidagini toliq ifoda etmayotgandek tuyuldi. Shuning uchun u inshosini oz bilganicha, muhimi yurakdan, oddiygina yozdi.

Mazkur dasturga qabul qilingani haqidagi xabar 23-aprel uning tugilgan kuni keldi. U bu xabarni uzoq kutdi, kutaverib axiyri kochaga, boshqa ishlari bilan chiqib ketdi. Kechga tomon esa uning FLEX dasturi grantini qolga kiritgani haqidagi habar keldi. Mehmonlar tugilgan kunda qoshaloq bayram qilib, bu xushxabarni ham nishonladi. Vaqt yarim tundan otib, mehmonlar tarqalar ekan, Jamshidni yana bir bor tabrikladi. Ular Jamshid aslida hammasini oldindan bilgan, lekin bizga syurpriz kutilmagan sovga tayyorlagan deb oyladi.

FLEX almashinuv dasturi chogida Jamshid haqiqiy volontyor edi. Amerika maktabida oqigan paytida qilgan xayriya va volontyorlik xizmatlari uchun u hatto Prezident Obamaning volontyorlarga beriladigan maxsus mukofoti bilan taqdirlangan. Ozbekistonga qaytganidan song Qarshi shahrida ingliz tilidan 3 yil dars berdi va dostlari bilan birgalikda ingliz tilini orgatadigan kichikroq markaz ham tashkil qildi. Biroq bundan Jamshid qoniqmas edi. U hanuz Amerikaga qaytib borib, bilimini yanada oshirish haqida oylar edi. U bir vaqtlar Shimoliy Karolinada ozi yashagan oila azolari bilan xat yozishib turardi. Aynan ular Jamshidga kollejga hujjat topshirishni maslahat berdi.

Avvaliga Jamshid diplomat bolish haqida oylab kordi. Biroq, keyinchalik siyosat u uchun unchalik qiziq emasligini tushundi. Shimoliy karolinalik mezbon - sanatkor dadasi Jamshidga tibbiyotni tavsiya qildi. Ammo Jamshid tibbiyotga umuman qiziqmas edi. Chunki maktabda ham u aniq va tabiiy fanlarni unchalik xushlamas edi. Ochigi, shifokor bolishdan chochir edi. Lekin, mazkur kasb egasi bolish yolidagi qiyinchiliklar unga qiziqarli tuyuldi. Kollejga hujjat topshirib, AQSh dasturiga qabul qilingandan song, Jamshid anatomiya va fiziologiya fanlarini organishga zor berdi. Qoshimcha tarzda mezbon oilaning uyi yaqinidagi kasalxonada volontyorlik qila boshladi. U bemorlarga yordam berar, kasalxonaga kelgan har bir insonga yol-yoriq korsatar yedi. Shu tariqa u barchaning mexrini qozondi.

Volontyorning jarrohlik xonasiga kirishi mumkin emas edi. Biroq Jamshidning ota qiziquvchanligi va yaxshi manodagi qaysarligi ish berib qoldi. Kasalxona mamuriyati unga jarroxlik amalyotlarini kuzatishga ruxsat berdi. U mutlaqo sterillangan kiyimlarni kiyib, hech kimga xalaqit bermay, 2 metr uzoqlikdan operatsiya jarayonini kuzatishi mumkin edi. Umrida jarroxlik xonasiga kirmagan bola uchun bu ozga bir dunyo edi.

Bir kuni anasteziologlardan biri Anavi burchakdagi bola kim? deb soradi. Hamshira u talaba, ishimizni organmoqchi deb javob berdi. Uzoq jimlikdan song jarroh, beriroq kel dedi. Bu esa 2 metrlik masofa qoidasi endi bekor bolganini bildirar edi. Jamshid operatsiya jarayonini yaqindan korayotganidan juda xursand edi. U shifokorlardan nimalarnidir sorar, ularning ishini qiziqish bilan kuzatar edi. Birozdan song kardiojarrox kelib, bemorning kokrak qafasini yorib, yuragini qoliga oldi va Jamshidga ong tarafiga otib turishni aytdi. Jamshid shifokorning urib turgan yurakni qolida tutib, amaliyot bajarayotganini korib lol qoldi. Shu tariqa u kardiojarroh bolishga qaror qildi.

Ertasi kuni Jamshid mezbon oilasining uyiga aposum kirib qolgani va u suvga yiqilib tushib hushdan ketganini korib qoldi. Bu hodisani u kulib eslaydi. Xosh, nima qilding, deysizmi? Men birinchi mustaqil jarrohlik amaliyotimni otkazdim, deydi u.

Ikki yillik urinishdan song Jamshid Intervension kardiologiya va angiografiya tizimlari boyicha oqishga qabul qilindi. U belgilangan klinik soatlardan keyin ham qolib shugullanardi. Odatda bemorlarning yurak ogrigi kechalari xuruj qiladi. Shuning uchun kechalari Jamshid ana shunday bemorlarga tez tibbiy yordam berar va ularni kuzatar edi. Shifokorlar va hamshiralar Jamshidga qoldan kelgancha yordam berar, bilganlarini orgatar edi. Natijada u mustaqil va oziga ishongan talaba sifatida oquv dasturni muvaffaqqiyatli tamomladi.

Afuski, Jamshid endigina ishga qabul qilinganidan song 5 kun otgach, otasi kasal ekani haqida habar keldi. Aslida u anchadan buyon kasal yotgan, biroq Jamshidning uyidagilari uni xavotirga solib, oqishidan chalgitishni istamagan ekan. Bu xabarni eshitgach, u zudlik bilan uyga ketmoqchi boldi. Biroq osha paytda puli yoq edi.

Yetarli pulni topganida esa telefonda otasi olamdan otganini aytishdi. Oshanda u hammasiga qol siltab, uyga qaytgisi, oilasi bagrida bolgisi keldi. Lekin, katta shifokor bolaman va albatta yurtimga hizmat qilaman, deb otasiga bergan vadasi tufayli bu niyatidan qaytdi. Chunki vadasini bajarishi shart edi.

Jamshid ozini butunlay yangi ishga bagishladi. U iloji boricha koproq ishlab, otasining olimi bilan bogliq oylardan biroz bolsa-da chalgishni xohlardi. U ishlaydigan bolim yiliga 6500 ta bemorni qabul qilar edi. Men ahvoli juda yomon odamlarni kop kordim, ularning tuzalib, oz oilasiga salomat qaytishlari uchun harakat qilishim kerak edi. Otam bu ishlarimdan faxrlangan bolardi, deya oylardim, deydi Jamshid.

Jamshid tibbiyot institutiga oqishga kirishi uchun avval bakalavr darajasini olishi kerak edi. Ustozlari unga agar biror-bir tadqiqot olib borsa boshqalardan kora imkoniyatlari koproq bolishini aytishdi. U internetni qarab chiqib, 40 ta dasturga hujjatlarini yubordi.

Osha yili qishki tatil paytida uning mezbon otasi ham betob bolib qoladi. Rojdestvo bayrami arafasida uni kasalxonaga olib borishdi. Unga osma kasalligining oxirgi darajasi tashxisini qoyishadi. Shundan 2 hafta otgach uning amerikalik otasi ham olamdan otdi. Jamshid juda tushkunlikka tushib qolgan edi.

Oradan biroz otib 40 ta dasturga jonatgan hujjatlariga javob xatlari kela boshladi. Haftasiga 35 ta xat kelar edi. Bazan xatolik sababli bitta rad javobini ikki marta ham olar edim deydi, u. Bazan suhbatlarga ham chaqirishdi, biroq omadi kelmadi. Shu tariqa tez orada 40 dasturdan 37 tasi yoq deb javob berdi. Keyin 38,39-raqamli rad javoblari keldi.

Birinchi fevral kuni u oxirgi dasturdan xat oldi. U elektron pochtasini ochib, Qadrli Jamshid Jambulov deb boshlangan xatni oqiy boshlaganini kulib eslaydi. Chunki 39 ta dasturdan kelgan avvalgi xatlar ham shunday boshlangan edi. Xatni oxirigacha oqiyolmay kompyuter olidan turib ketdi. Biroz yurib ozini bosib olgach, xatni oqishda davom etdi. Uning davomida esa Garvard tibbiyot maktabiga xush kelibsiz! deb yozilgan edi.

Jamshid juda omadli ekanini takidlaydi. Uning bobo va buvilari fermer bolgan. Otasi esa oilada birinchi bolib oliy malumotli bolgan. Jamshid hayotida duch kelgan qiyinchiliklarga kulib qaragan, harakat, mehnat qilishdan hech qachon toxtamagan.

Hozirda Jamshid Garvardda tadqiqotlar olib boryapti. U otasiga bergan vadasining ustidan chiqdi va buning uchun doimo oz qalbiga quloq soldi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2019, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -