» » “Ayaks” futbolchisi Niderlandiyada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

“Ayaks” futbolchisi Niderlandiyada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi


Niderlandiya Erediviziyasida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi.

“Ayaks”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, ushbu nomga klub yarim himoyachisi Frenki de Yong sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, de Yong yakuniga yetgan mamlakat chempionatida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. U klub bilan birgalikda Niderlandiya Kubogi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Frenki yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun “Ayaks”ga 75 million yevro to‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют