» » Rasman: “Barselona” 75 mln yevroga Frenki de Yongni sotib oldi

Rasman: “Barselona” 75 mln yevroga Frenki de Yongni sotib oldi


“Ayaks”ning 21 yoshli futbolchisi Frenki de Yong “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda  “Barselona”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Klub futbolchi uchun 75 million yevro to‘ladi.

De Yong joriy yilning iyun oyi oxiriga qadar “Ayaks”da to‘p suradi va 1-iyuldan Kataloniya klubi tarkibiga kelib qo‘shiladi.

“Ayaks” futbolchining Kataloniya klubida erishadigan natijalariga qarab 11 million yevro bonusga ham ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Frenki de Yong ushbu mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют